TASHKILOTCHILIK-KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARNING KASBIY KOMPETENTLIK TIZIMIDAGI O‘RNI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL
Annotatsiya
Maqolada tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarning kasbiy kompetentlik tizimidagi o‘rni nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. D.C.McClelland, R.E.Boyatzis, L.M.Spencer va S.M.Spencer, J.Raven tomonidan ishlab chiqilgan kompetentlik modellari hamda G.S.Vasilyev, A.A.Kidron, L.I.Umanskiy, N.A.Galeyeva va J.A.Maksimenkoning kommunikativ va tashkilotchilik qobili-yatlariga oid tadqiqotlari qiyosiy tahlil qilingan. Tahlil natijasida har ikkala qobili-yat kompetentlikning barcha besh qatlamida bir vaqtda namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan. Muallif tomonidan mazkur ikki qobiliyatning funksional yo‘nalganligi jihatidan tubdan farqlanishi asoslangan: kommunikativ qobiliyat tashqi yo‘nalgan bo‘lib, shaxsni ijtimoiy muhitga ulaydi; tashkilotchilik qobiliyati esa ichki yo‘nalgan bo‘lib, faoliyatni o‘z-o‘zini boshqarish va refleksiya orqali tartibga soladi. Kasaba uyushmasi xodimining o‘n ikkita tipik kasbiy vazifasi ushbu ikki qobiliyat kesimida funksional tahlil qilinib, vazifalarning yarmidan ko‘pi tashkiliy-boshqaruv mazmuniga ega ekanligi aniqlangan. Ikki ko‘rsatkich nisbatiga ko‘ra to‘rtta kasbiy profil ajratilgan va "zaif bo‘g‘in" tamoyiliga asoslangan differensial rivojlantirish modeli taklif etilgan. Mentorlik tashkilotchilik qobiliyatining re-fleksiv zaminini shakllantiruvchi asosiy tashkiliy mexanizm sifatida asoslangan.
Kalit so‘zlar: kasbiy kompetentlik, kommunikativ qobiliyat, tashkilotchilik qobiliyati, ijtimoiy in-tellekt, emotsional intellekt, kompetentlik modeli, funksional yo‘nalganlik, zaif bo‘g‘in tamoyili, kasbiy profil, refleksiya, mentorlik, kasaba uyushmalari