TA’LIMNING GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY QADRIYATLARGA TRANSFORMATSIYASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif ta’lim migratsiyasi tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy fan-lar tizimidagi talqinlarini yoritib, “intellektual migratsiya”, “ta’lim migratsiyasi”, “aql egalari”ning mamlakatdan chiqib ketishi kabi ilmiy atamalarni ilgari suradi hamda aholining mobil, ya’ni doimiy harakatdagi qatlamlarining ijtimoiy xususiyatlarini qiyosiy sotsiologik jihatdan tahlil qiladi. Ta’lim yoki intellektual migratsiyaning tarixiy shakllanish bosqichlari, uning ilmiy asoslari, davriy (sirkul-yatsion) ahamiyati, vujudga kelish mezonlari va ijtimoiy sabablari ilmiy jihatdan tasniflanadi. Jamiyatning axborotlashuvi va dunyoning globallashuvi natijasida mi-gratsiya mavzusi, ayniqsa, so‘nggi yigirma yil ichida ko‘plab ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilarning alohida tadqiqot obyektiga aylandi. Muammoning ko‘lami ken-gayib, ommaviy tus olgani sari keng ilmiy jamoatchilik o‘rtasida migratsiyaga oid bahs-munozaralar ilmiy muhokamalarning asosiy mavzularidan biriga aylandi. Muallif zamonaviy mumtoz sotsiologiya vakillari va ekspertlari tomonidan ilgari surilayotgan “yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan kadrlar migratsiyasi”, “intel-lektual oqim”, “intellektual salohiyatning chiqib
ketishi”, “iste’dodli va aqlli kishilarning xorijga chiqib ketishi” kabi qarashlarni sotsiologik nuqtayi nazardan tizimli tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar: migratsiya, intellektual migratsiya, ta’lim migratsiyasi, innovatsiya, globallashuv, integratsiya, multikulturalizm, identiklik, mentalitet, stereotip