TA’LIM JARAYONIDA METAKOGNITIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI: NAZARIY TAHLIL

  • Raximjonova Muattar Kamoliddin qizi — Andijon davlat pedagogika instituti izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
383-395
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24188358

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarning metakognitiv kom-petensiyalarini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik mexanizmlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida me-takognitsiya nazariyasi, o‘z-o‘zini boshqaruvchi ta’lim modellari hamda generativ sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siriga oid zamonaviy ilmiy tadqiqotlar o‘rganilgan. Sun’iy intellektning metakognitiv faoliyatga ko‘rsatadigan ikki tomonlama ta’siri, ya’ni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aksincha, ularning susayishiga sabab bo‘lish imkoniyatlari asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: metakognitsiya, metakognitiv kompetensiya, sun’iy intellekt, generativ sun’iy intel-lekt, o‘z-o‘zini boshqaruvchi ta’lim, pedagogik mexanizm, refleksiya, kognitiv faoliyat, adaptiv ta’lim, metakognitiv dangasalik

PDF yuklab olish