TA’LIM JARAYONIDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

  • Qodirova Odina Djurabayevna — TA’LIM JARAYONIDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
114-122
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24297808

Annotatsiya

Ushbu maqolada emotsional intellektni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar, xususan, oiladagi psixologik iqlim, oilaviy muhit, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalarning farzandlariga munosabati, xavfsizlik hissi va mas’uliyatning shaxs rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarning emotsional intellektini rivojlantirishning psixologik asoslari, hissiy-emotsional sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, hissiyotlarning inson psixikasi va xulq-atvoriga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot doirasida N. Xoll tomonidan ishlab chiqilgan emotsional intellektni baholash metodikasi yordamida 610 nafar talabaning emotsional intellekti oilaviy tarkib xususiyatlari kesimida o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida emotsional intellektning asosiy tar-kibiy mezonlari hamda uni ta’lim jarayonida rivojlantirishga xizmat qiluvchi psix-ologik omillar yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantirilgan.

Kalit so‘zlar: emotsional intellekt, hissiy aloqa, hissiyotlarni boshqarish, hayotiy tajriba, ta’lim-tarbiya, oilaviy muhit, ijtimoiy muhit, empatiya, o‘z-o‘zini anglash, o‘quv faoliyati

PDF yuklab olish