TALABALARNING TIBBIY-METODIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION BIOFIZIK YONDASHUVLARNING ILMIY-NAZARIY VA METODIK ASOSLARI

  • Raximov Bobur Turg‘un o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
399-408
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23880620

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy tibbiy ta’lim muassasalarida talabalar tibbiy-metodik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion biofizik yondashuvlardan foydalanishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari tadqiq etilgan. Biofizika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaviy va integrativ yondashuvlar, muammoli ta’lim, klinik vaziyatlarga asoslangan o‘qitish hamda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Biofizik qonuniyatlarni tibbiy-biologik hodisalar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish orqali talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash, klinik fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion biofizik yondashuvlarning mazmuni, did-aktik tamoyillari va metodik xususiyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida 740 nafar talaba ishtirokida o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari tahlil qilinib, innovatsion yondashuvlardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri bahol-angan. Natijalar tajriba guruhida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nis-batan yuqori ekanligini ko‘rsatgan.

Kalit so‘zlar: tibbiy-metodik faoliyat, innovatsion biofizik yondashuvlar, biofizika ta’limi, ilmiy-nazariy asoslar, fanlararo integratsiya, muammoli ta’lim, klinik fikrlash, metodik kompetensiyalar

PDF yuklab olish