TALABALARGA INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILINI OʻQITISH BOʻYICHA CHET EL TAJRIBASI VA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

  • Pirimbetov Abdulvaxof Ikramovich — Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
204-214
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22040614

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarga innovatsion yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitishda xorijiy tajribadan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori xorijiy pedagogik tajribani mahalliy ta’lim sharoitiga moslashtirish, talabalarga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish hamda ingliz tili bo‘yicha o‘quv natijalari va motivatsiyani oshirishga qaratilgan. Tadqiqotda 120 nafar talaba tajriba va nazorat guruhlariga ajratilib, uch bosqichli pedagogik tajriba-sinov amalga oshirilgan. Tadqiqot jarayonida kirish va chiqish testlari, anketa, ekspert baholashi, individual suhbat, kuzatuv hamda Spearman korrelyatsiyasi kabi usullardan foydalanilgan. Natijalar loyiha usuli, interfaol metodlar, differensial yondashuv va formativ baholashni xorijiy tajriba asosida moslashtirib qo‘llash talabalarning o‘quv faolligi, motivatsiyasi va ingliz tili bo‘yicha natijalarini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatgan. Tadqiqot asosida xorijiy tajribani bevosita ko‘chirishdan ko‘ra, uni talabalarning ehtiyojlari va mahalliy ta’lim sharoitlariga moslashtirish samaraliroq ekanligi asoslangan.

Kalit so‘zlar: ingliz tili, innovatsion yondashuv, xorijiy tajriba, talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha usuli, interfaol metod, formativ baholash, motivatsiya, pedagogik tajriba, raqamli ta’lim

PDF yuklab olish