TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA CHET TILLARINI O‘RGANISH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR: OMMAVIY NUTQ QO‘RQUVINI YENGISH YO‘LLARI

  • Xushbaqov Dilmurod Kurbonmurodovich — O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi
  • Abdukarimova Xalima Mamatqir qizi — O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
360-368
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24300858

Annotatsiya

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida chet tillarini o‘rganayotgan talabalarda uchraydigan psixologik to‘siqlar, ularning og‘zaki nutq faoliyatiga ta’siri hamda shaxsning mental dunyoqarashi shakllanishidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, kommunikativ xavotir, xato qilishdan qo‘rqish, salbiy bahol-anishdan cho‘chish, talaffuz va lug‘at boyligiga nisbatan ishonchsizlik hamda audi-toriya oldida chiqish qilish bilan bog‘liq psixologik holatlarning kelib chiqish sab-ablari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning ilmiy qarash-lari asosida til o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan psixologik to‘siqlarning lingvistik, ijtimoiy va shaxsiy omillari o‘rganilgan. Talabalarda ommaviy nutq qo‘rquvini kamaytirish, mustaqil fikrlash va kommunikativ faollikni rivojlantirish-ga qaratilgan bosqichma-bosqich muloqot, hamkorlikda o‘qitish, rolli o‘yinlar, ijobiy qayta aloqa va psixologik jihatdan qulay ta’lim muhitini yaratish kabi metodik yondashuvlar asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: mental dunyoqarash, chet tilini o‘rganish, psixologik to‘siq, kommunikativ xavotir, til to‘sig‘i, ommaviy nutq, nutq kompetensiyasi, salbiy baholanish qo‘rquvi, per-fektsionizm, kommunikativ faollik

PDF yuklab olish