TALABALARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA GENDER XUSUSIYATLARINING O‘RNI
Annotatsiya
Maqolada talabalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishda gender xususiyatlarining o‘rni pedagogik va ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilingan. Gender omili liderlik salohiyatini bevosita belgilovchi xususiyat sifatida emas, balki talabaning liderlik faoliyatiga kirish imkoniyati, liderlik o‘ziga samaradorligi, liderlikka oid tasavvurlari, ijtimoiy kutishlar va gender stereotiplari bilan o‘zaro bog‘liq omil sifatida yoritilgan. Talabalarda liderlik sifatlarini rivojlantirish jarayonida teng faoliyat imkoniyatlarini yaratish, liderlik rollarini stereotipik taqsimlashga yo‘l qo‘ymaslik, amaliy liderlik tajribasini kengaytirish, liderlik o‘ziga samaradorligini mustahkamlash, turli liderlik xulqlarini rivojlantirish va refleksiv tahlilni tashkil etishning pedagogik ahamiyati asoslangan.
Kalit so‘zlar: talaba, liderlik, liderlik sifatlari, gender, gender xususiyatlari, gender stereotipi, liderlik o‘ziga samaradorligi, liderlik tajribasi, liderlik xulqi