TALABALARDA KASBIY O‘ZLIKNI ANGLASH VA SHAXSIY KOMPETENSIYALAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalarda kasbiy o‘zlikni anglash jarayoni hamda shaxsiy kompetensiyalarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillar tahlil qi-linadi. Kasbiy o‘zlikni anglash talabaning tanlagan kasbiga nisbatan shaxsiy munosabati, o‘z imkoniyatlarini baholashi, kasbiy maqsadlarini belgilashi va ke-lajakdagi professional rolini tasavvur qilishi bilan bog‘liq murakkab psixologik ja-rayon sifatida yoritiladi. Tadqiqotda o‘zini anglash, ichki motivatsiya, refleksivlik, o‘z-o‘zini baholash, mustaqil qaror qabul qilish, kommunikativ qobiliyat va emotsional barqarorlik kabi omillarning shaxsiy kompetensiyalar shakllanishidagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim muhiti, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, amaliy faoliyat va kasbiy muloqotning talabaning professional rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy identitet, talaba, shaxsiy kompetensiya, psixologik omillar, o‘zini anglash, refleksivlik, motivatsiya, o‘z-o‘zini baholash, professional rivojlanish