TALABALAR SOTSIAL IQTIDORINI BAHOLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI

  • Ibrogimov Muhammadrasul Abdimumin o‘g‘li — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
61-70
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23260312

Annotatsiya

Maqolada talabalar sotsial iqtidorini baholashning ijtimoiy-psixologik asoslari naz-ariy va empirik jihatdan tahlil qilingan. Sotsial iqtidor tushunchasining mazmuni, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari, kommunikativ qobiliyatlar, empatiya, ijtimoiy intellekt, liderlik va ijtimoiy moslashuvchanlik bilan o‘zaro aloqasi yoritil-gan. Talabalar sotsial iqtidorini baholashda psixodiagnostik metodikalardan foyda-lanish, psixologik ko‘rsatkichlarni kompleks tahlil qilish hamda diagnostik mezon-larni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Empirik tahlilda K. Rojers va R. Daymondning ijtimoiy-psixologik adaptatsiya so‘rovnomasi natijalari asosida talabalarning adaptatsiya, o‘zini qabul qilish, o‘zgalarni qabul qilish, emotsional komfort, internallik va hukmronlikka intilish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqlar ko‘rib chiqilgan. Natijalar sotsial iqtidorni baholashda shaxsning o‘ziga va boshqalarga munosabati, emotsional holati hamda ijtimoiy muhitga moslashish xususiyatlarini kompleks hisobga olish muhimligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: sotsial iqtidor, talabalar sotsial iqtidori, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, sotsial iqtidorni baholash, ijtimoiy intellekt, empatiya, kommunikativ qobiliyat, liderlik, ijtimoiy moslashuvchanlik, psixodiagnostika, diagnostik mezonlar, psixologik baholash, individual-psixologik xususiyatlar

PDF yuklab olish