TALABALAR MUSTAQIL ISHINING REPRODUKTIV VA IJODIY KOMPONENTLARI O‘ZARO BOG‘LIQLIGINI EPISTEMIK TA’MINLASH KONSEPSIYASI VA DIDAKTIK KONTINUUMI

  • Rashidxon Uulu Atabek — Turan International University o‘qituvchisi, Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
200-210
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24071263

Annotatsiya

Mazkur maqolada kredit-modul tizimi sharoitida talabalar mustaqil ishining reproduktiv va ijodiy komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlashning nazariy-didaktik asoslari tadqiq etilgan. Mustaqil ta’lim jarayonida reproduktiv va ijodiy faoliyatni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishning metodik cheklovlari tahlil qilinib, ularning uzviyligi epistemik ta’minlash konsepsiyasi asosida izohlangan. Tadqiqotda epistemik maqsadlar, ishonchli axborot manbalarini tanlash, bilimlarni dalillar asosida asoslash, kognitiv jarayonlarni monitoring qilish va refleksiv baholash mexanizmlarini birlashtiruvchi AIR modeli hamda generativ ta’lim tamoyillari integratsiyalangan. Natijada reproduktiv bilimlardan ijodiy mahsulot yaratishga olib boruvchi R → E → T → C → M → R'/C' shaklidagi didaktik kontinuum modeli taklif etilgan. Model talabalarning tayanch bilimlarini faollashtirish, ularni yangi vaziyatlarga transfer qilish, mustaqil xulosa chiqarish va original pedagogik yechimlar ishlab chiqish jarayonlarini izchil tashkil etishga xizmat qiladi. Taklif etilgan konsepsiyaning oliy pedagogik ta’limda mustaqil ishlarni loyihalash, topshiriqlarni tabaqalashtirish va talabalarning epistemik hamda metakognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari asoslangan.

Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, kredit-modul tizimi, reproduktiv komponent, ijodiy komponent, ep-istemik ta’minlash, epistemik bilish, AIR modeli, generativ ta’lim, metakognitsiya, didaktik kontinuum

PDF yuklab olish