TALABA SHAXSINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH TALABLARI
Annotatsiya
Maqolada pedagogik oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar nazariy jihatdan asoslangan. Talaba shaxsining mohiyati, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar (irsiyat, muhit, tarbiya va shaxsning o‘z faolligi), mikromuhit sifatida akademik guruh va talabalar turar joyining o‘rni tahlil qilingan. Tarbiyaga qo‘yiladigan yettita asosiy talab aniqlangan hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ta’riflari qiyosiy tahlil qilinib, ichki e’tiqodni shakllantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon sifatidagi talqin taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: talaba shaxsi, ma’naviy-axloqiy tarbiya, shaxs shakllanishi omillari, mikromuhit, o‘z-o‘zini tarbiyalash, axloqiy fazilatlar, pedagogik oliy ta’lim.