TALABA QIZALARDA OILAVIY HAYOTGA KOMMUNIKATIV TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

  • Karimova Muxayyo Nazar qizi — Termiz davlat pedagogika instituti “Amaliy psixologiya” kafedrasi tayanch doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
189-199
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24101461

Annotatsiya

Mazkur maqolada talaba qizlarda oilaviy hayotga kommunikativ tayyorgarlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik va individual-psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, nikoh va oilaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlashda shaxslararo muloqot madaniyati, o‘zaro hurmat, empatiya, tinglash qobiliyati, hissiy barqarorlik hamda nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish ko‘nikmalarining ahamiyati yoritilgan. Talaba qizlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari, qadriyatlar tizimi, mustaqil hayotga munosabati va kommunikativ kompetensiyalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Oilaviy hayotga tayyorgarlik jarayonida oila, ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligini rivojlantirish, psixologik-ma’rifiy mashg‘ulotlar, treninglar va amaliy mashqlardan foydalanishning imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada talaba qizlarda samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali kelajakdagi oilaviy munosabatlarning psixologik jihatdan sog‘lom va barqaror bo‘lishiga zamin yaratish masalalari yu-zasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: talaba qizlar, oilaviy hayot, kommunikativ tayyorgarlik, muloqot madaniyati, oilaviy qadriyatlar, shaxslararo munosabatlar, empatiya, psixologik tayyorgarlik, nizolarni hal etish, hissiy barqarorlik

PDF yuklab olish