TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING EKOLOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

  • Bekmetova Shoxida Qodirberdiyevna — Yangi asr universiteti dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
93-100
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24073889

Annotatsiya

Mazkur maqolada tabiatshunoslik darslarida fanlararo

integratsiyadan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ekologik kompetensiyaning bilimiy, qadriyatli-motivatsion, faoliyat-amaliy va refleksiv tar-kibiy qismlari tahlil qilinib, ularni o‘zaro bog‘liq holda shakllantirishning metodik asoslari bayon etilgan. Tabiatshunoslik fanini matematika, ona tili, informatika, texnologiya, tasviriy san’at va tarbiya fanlari bilan integratsiyalash imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, ekologik muammoli vaziyatlar, amaliy topshiriqlar, ku-zatish va loyiha faoliyatidan foydalanishning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan. Ekologik bilimlarni kundalik hayot bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarda tabiatga mas’uliyatli munosabat, ekologik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: ekologik ta’lim, ekologik kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim, tabiatshunoslik, fan-lararo integratsiya, ekologik savodxonlik, ekologik fikrlash, ekologik madaniyat, amaliy faoliyat, muammoli topshiriqlar, refleksiya, barqaror rivojlanish

PDF yuklab olish