Ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida o‘qituvchilarning ish yukini kamaytirishning afzalliklari va amaliy qo‘llanilishi muhokama qilinadi. SI ta’lim sohasida testlarni avtomatik baholash, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv rejalashtirish va hisobot tayyorlash kabi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali o‘qituvchilarga yordam beradi. Bu texnologiyalar o‘qituvchilarning vaqtini tejashga, ma'muriy va byurokratik vazifalarni kamaytirishga hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Maqola SI texnologiyalari ta'lim sifatini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi va ularni amaliyotda qanday joriy etish mumkinligini o‘rganadi.
Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, chatbot, Google, Alibaba, Samsung, Facebook, robot