SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MATEMATIKA FANLARIDAN MUSTAQIL ISHLARNI BAHOLASH MEZONLARINI ISHLAB CHIQISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlaridan talabalarning mustaqil ishlarini sun’iy intellekt asosida baholashning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi talabalarning mustaqil ishlarini baholashda qo‘llash mumkin bo‘lgan mezonlarni ishlab chiqish hamda ular asosida konseptual baholash modelini taklif etishdan iborat. Tadqiqot doirasida matematik mazmunning sifati va to‘g‘riligi, mavzuga muvofiqligi, formulalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi, mantiqiy izchillik, akademik halollik hamda foydalanilgan manbalarning sifati asosiy baholash mezonlari sifatida belgilandi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida mustaqil ishlarni tahlil qilish va baholash jarayonining asosiy bosqichlari, shuningdek, kelgusida ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan intellektual baholash platformasining konseptual tuzilmasi taklif etildi. Tadqiqot natijalari matematika ta’limida baholash jarayonining xolisligi, shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, matematika ta’limi, mustaqil ish, baholash mezonlari, baholash modeli, akademik halollik, oliy ta’lim