SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA INNOVATSION O'QUV KONTENTLARINI YARATISHNING QIYOSIY TAHLILI (Informatika va axborot texnologiyalari fani misolida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Informatika va axborot texnologiyalari darslarida sun’iy intellekt (SI) vositalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi pedagogik, texnik va etik jihatlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotimizda Informatika va axborot texnologiyalari darslarida generativ SI, katta til modellari va adaptiv o‘quv tizimlarining ta’lim samaradorligiga ta’siri, ularning o‘quv materiallarini yaratishdagi o‘rni hamda amaliy qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, SI vositalarining Bloom taksonomiyasi, konstruktivizm va kognitiv yuk nazariyalari bilan uyg‘unligi yoritiladi. Maqolada texnologik jarayonlar, platformalar qiyosiy tahlili hamda etik-huquqiy muammolar, jumladan shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va algoritmik tarafkashlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, generativ SI, pedagogika, etik muammolar, katta til modellari, raqamli ta’lim