INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DARSLARIDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING TA’LIM JARAYONIGA INTEGRATSIYASI: PEDAGOGIK VA TEXNIK JIHATLAR TAHLILI

  • Qarshiyev Jamshid Murotaliyevich — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi v.b. dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 5-son
Sahifalar
81-87
Nashr sanasi

Annotatsiya

Ushbu maqolada Informatika va axborot texnologiyalari darslarida sun’iy intellekt (SI) vositalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi pedagogik, texnik va etik jihatlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotimizda Informatika va axborot texnologiyalari darslarida generativ SI, katta til modellari va adaptiv o‘quv tizimlarining ta’lim samaradorligiga ta’siri, ularning o‘quv materiallarini yaratishdagi o‘rni hamda amaliy qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, SI vositalarining Bloom taksonomiyasi, konstruktivizm va kognitiv yuk nazariyalari bilan uyg‘unligi yoritiladi. Maqolada texnologik jarayonlar, platformalar qiyosiy tahlili hamda etik-huquqiy muammolar, jumladan shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va algoritmik tarafkashlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, generativ SI, pedagogika, etik muammolar, katta til modellari, raqamli ta’lim

PDF yuklab olish