STEAM LOYIHALARI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA TADBIRKORLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyasini STEAM loyihalari asosida rivojlantirishning integrativ pedagogik modeli nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Taklif etilayotgan model maqsad, mazmun, jarayon hamda natija-baholash bloklaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri tadbirkorlik kompetensiyasining tarkibiy komponentlari va loyihaviy faoli-yat bosqichlari bilan uzviy bog‘langan. Modelning ishlash mexanizmlari sifatida motivatsion-qadriyatli, bilish, faoliyat-kollaborativ va refleksiv mexanizmlar ajrat-ib ko‘rsatilgan. Tadqiqot doirasida model 2025–2026-o‘quv yilida Surxondaryo vi-loyatining Termiz shahri, Denov va Sherobod tumanlaridagi uchta umumta’lim maktabida 110 nafar 11-sinf o‘quvchisi ishtirokida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan. Yakuniy test va so‘rovnoma natijalari tajriba guruhida o‘quvchilarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishi hamda darslarga qiziqishi nazorat guruhiga nisbatan yuqo-riroq ekanini ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalari STEAM loyihalaridan foydalanish o‘quvchilarning tadbirkorlikka oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ped-agogik imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: STEAM ta’limi, tadbirkorlik kompetensiyasi, pedagogik model, loyihaviy ta’lim, fanlararo integratsiya, kollaborativ o‘rganish, motivatsiya, refleksiya, umumiy o‘rta ta’lim