SOG‘LOM SHAXSLARNI KO‘RISHDA NUQSONI BOR SHAXSLARGA TOLERANTLIGINING SHAXSIYLIK OMILLARI

  • Tohirova Mohigul Umir qizi — Samarqand davlat universiteti “Amaliy psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
45-54
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23262207

Annotatsiya

Ushbu maqolada sog‘lom shaxslar hamda ko‘rishda nuqsoni bor shaxslarning kommunikativ tolerantlik xususiyatlari va ularning shaxsiylik omillari empirik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda V.V. Boykoning kommunikativ tolerantlikni aniqlash so‘rovnomasi qo‘llanilib, jami 359 nafar respondent (89 nafar sog‘lom va 270 nafar ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxs) qamrab olindi. Statistik tahlillar (Styudentning t-mezoni) shuni ko‘rsatdiki, ko‘rishda nuqsoni bor shaxslarda suhbatdoshni o‘zidat uzoqlashtirmaslik, xatolarni kechira olish va noqulayliklarga chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kommunikativ tolerantlik darajasi sog‘lom shaxslarga nisbatan yuqoriroq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ayollarda erkaklarga nisbatan vaqtinchalik diskomfort va individuallikni qabul qilish borasida tolerantlik yuqori ekani aniqlandi.

Kalit so‘zlar: kommunikativ tolerantlik, ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar, ijtimoiy integratsiya, tiflopsixologiya, shaxsiylik omillari, ijtimoiy moslashuv, bag‘rikenglik

PDF yuklab olish