SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA PSIXOLOGIK MOSLASHUV VA O‘ZARO TUSHUNISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

  • Saidova Feruza Nizomjonovna — Andijon davlat universiteti “Psixologiya va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
299-308
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24298371

Annotatsiya

Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlarda psixologik moslashuv va o‘zaro tushunish jarayonlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shaxsning ijtimoiy muhitga moslashishi, boshqa insonlar bilan samarali munosabat o‘rnatishi, o‘zaro hurmat va ishonchni shakllantirishida kognitiv, emotsional, xulq-atvor va kommunikativ omillarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, shaxslararo muloqot jarayonida yuzaga keladigan tushunmovchiliklar, psixologik to‘siqlar, in-dividual farqlar va nizoli vaziyatlarning asosiy sabablari ko‘rib chiqilgan. O‘zaro tushunishni rivojlantirishda empatiya, faol tinglash, hissiy barqarorlik, bag‘rikenglik va kommunikativ kompetentlikning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Maqolada psixologik moslashuvni takomillashtirish va shaxslararo munosabatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chi-qilgan.

Kalit so‘zlar: shaxs, shaxslararo munosabatlar, psixologik moslashuv, o‘zaro tushunish, ijtimoiy-psixologik muhit, muloqot, empatiya, hissiy barqarorlik, kommunikativ kompetent-lik, nizolar

PDF yuklab olish