SHAXS FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA RAG‘BATLANTIRISH VA JAZOLASH FENOMENLARINING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

  • Xudaynazarov Tursunali Alinazarovich — O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
105-113
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412467

Annotatsiya

Mazkur maqolada shaxs faoliyati samaradorligini ta’minlashda rag‘batlantirish va jazolash fenomenlarining psixologik determinantlari nazariy jihatdan tahlil qilin-gan. Xususan, talabalarning o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi moti-vatsion, emotsional, ijtimoiy-psixologik va individual-psixologik omillar, rag‘batlantirish hamda jazolash mexanizmlarining xulq-atvorni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, E. Torndayk va B. F. Skinnerning bixevioristik qarash-lari, mustahkamlash nazariyasi hamda zamonaviy pedagogik psixologiya nuqtayi nazaridan rag‘bat va jazoning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil etilgan. Oliy ta’lim muassasalarida, xususan, psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan ishlashda rag‘batlantirish va jazolash vositalaridan pedagogik hamda psix-ologik jihatdan maqsadga muvofiq foydalanishning imkoniyatlari asoslab berilgan. Rag‘batlantirishning shaxsiy faollik, o‘ziga ishonch va ichki motivatsiyani rivojlan-tirishdagi ustuvorligi, jazolashning esa me’yoriy, adolatli va tarbiyaviy tamoyillar-ga asoslangan holda qo‘llanilishi zarurligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: shaxs, talaba, o‘quv faoliyati, faoliyat samaradorligi, rag‘batlantirish, jazolash, mo-tivatsiya, psixologik determinant, mustahkamlash, xulq-atvor, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit

PDF yuklab olish