SHARQ MADRASALARIDA JAMOAVIY O‘RGANISHNING TARIXIY ILDIZLARI
Annotatsiya
Maqolada Sharq renessansi davri pedagogik tafakkurining mahsuli bo‘lgan madarasalar ta’lim tizimida jamoaviy o‘rganish va hamkorlikda bilim olish masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilindi.. Tadqiqotda tarixiy-pedagogik metodlar hamda mutafakkirlarning asarlari asosida madrasalardagi iyerarxik va gorizontal mentorlik (muidlik instituti), shuningdek, interaktiv disput shakllari (munozara, mubohasa, muzokara) o‘rganildi. Maqolada ushbu tarixiy metodlarning zamonaviy kollaborativ ta’lim texnologiyalari (tengdoshlar baholashi, ijtimoiy konstruktivizm) bilan uzviyligi va hamohangligi asoslab berildi. Natijada, madrasa ta’lim ekotizimi nafaqat individual, balki jamoaviy mas’uliyat va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi samarali metod ekani isbotlandi.
Kalit so‘zlar: Sharq madrasalari, halqa (davra) shakli, intellektual hamkorlik, birgalikda yodlash, mujodala (bahs), jamoaviy o‘rganish, mutolaa, fikr almashish