SAYYID BURHONIDDIN MUHAQQIQ TERMIZIY ASARLARIDA SHAXS HISSIY HOLATLARI NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

  • Qodirova Aziza Bekmurodovna — Termiz davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari doktori (DSc)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
22-32
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22861585

Annotatsiya

Mazkur maqolada XII–XIII asrlarda yashab ijod qilgan yirik mutasavvif va alloma Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning ma’naviy-axloqiy qarashlari hamda ularda inson ruhiyati, hissiy holatlari va xulq-atvorining namoyon bo‘lishi masalalari psixologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori allomaning “Maorif” asarida aks etgan nafs, qalb, aql, g‘azab, shahvat, hasad, sabr, tavoze, iffat, jasorat, adolat va ma’rifat kabi tushunchalarning shaxs ruhiy hayoti bilan o‘zaro aloqadorligiga qaratilgan. Shuningdek, hissiy holatlarning inson xulq-atvorini boshqarishdagi o‘rni, salbiy kechinmalarning shaxs ma’naviy kamolotiga ta’siri hamda ularni boshqarishning ma’naviy-psixologik mexanizmlari yoritilgan. Muhaqqiq Termiziyning fikrlarida inson xulq-atvori faqat tashqi harakatlar yig‘indisi sifatida emas, balki ichki ruhiy holatlar, niyat, ehtiros va axloqiy tanlovlar bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayon sifatida talqin qilinishi asoslangan. Maqolada hasad, g‘azab va shahvat kabi hissiy holatlarning destruktiv jihatlari bilan bir qatorda sabr, iffat, jasorat, adolat va donolik kabi ijobiy sifatlarning shakllanish mexanizmlari ham tahlil qilingan. Allomaning qarashlari Jaloliddin Rumiy va Sulton Valadning ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Muhaqqiq Termiziy merosi tarixiy-tasavvufiy manba bo‘lish bilan birga, shaxsning hissiy o‘zini boshqarishi, axloqiy o‘zini nazorat qilishi va ma’naviy-psixologik kamolotini o‘rganishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy, “Maorif”, tasavvuf, shaxs, hissiy holat, hissiyot, nafs, qalb, aql, hasad, g‘azab, shahvat, sabr, iffat, jasorat, adolat, donolik, ma’naviy kamolot, komil inson, psixologik o‘zini boshqarish

PDF yuklab olish