RAQAMLI VOSITALARGA BOG‘LANIB QOLISH XAVFI: JISMONIY FAOLLIKNI ICHKI MOTIVATSIYAGA O‘TKAZISH MUAMMOSI
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalar jismoniy faolligini oshirish jarayonida yuzaga keladigan muhim pedagogik muammo — jis-moniy faollikning raqamli vositalar, jumladan, qadam hisoblagichlar, mobil ilovalar, reytinglar, chellenjlar va turli rag‘batlantirish mexanizmlariga bog‘lanib qolishi masalasi yoritilgan. Raqamli vositalarga bog‘lanib qolishning rag‘batga qaramlik, o‘lchovga qaramlik va raqamli charchoq kabi uchta asosiy ko‘rinishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. O‘z-o‘zini belgilash nazariyasi hamda ortiqcha aso-slash effekti asosida tashqi rag‘batlarning ichki motivatsiyaga ta’sir mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, jismoniy faollikni tashqi rag‘batdan ichki moti-vatsiyaga o‘tkazishning to‘rt bosqichli pedagogik modeli ishlab chiqilgan. Pedagog-ika yo‘nalishi talabalarida olib borilgan tajriba-sinov kuzatuvlari asosida rag‘batlarni bosqichma-bosqich kamaytirish, shaxsiy rivojlanish dinamikasini baholash, ijtimoiy e’tirof va muntazam refleksiyaning ahamiyati asoslangan. Raqamli vositalardan jismoniy faollikning asosiy maqsadi sifatida emas, balki mus-taqil va barqaror sog‘lom turmush odatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi vaq-tinchalik pedagogik yordam vositasi sifatida foydalanish zarurligi xulosalangan.
Kalit so‘zlar: jismoniy faollik, raqamli texnologiyalar, raqamli vositalar, gamifikatsiya, ichki mo-tivatsiya, tashqi rag‘bat, o‘z-o‘zini belgilash nazariyasi, rag‘batga qaramlik, raqamli charchoq, refleksiya, talaba