RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TIBBIY OLIY TA’LIMDA TALABALAR KASBIY TAYYORGARLIGINING AYRIM JIHATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida tibbiyot oliy ta’lim muas-sasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan tibbiy ta’lim va klinik faoliyatda foydalanish hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tibbiy axborot tizimlari, el-ektron tibbiy yozuvlar, teletibbiyot, tibbiy ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellektga asoslangan diagnostik vositalarning bo‘lajak shifokorlar tayyorgarligidagi o‘rni tahlil qilinib, tibbiy oliy ta’limda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish tamoyil-lari, talabalar kasbiy tayyorgarligini baholash mezonlari va statistik tahlil metodi-kasi taklif etiladi.
Kalit so‘zlar: tibbiy oliy ta’lim, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, raqamli kompetensiya, tibbiy informatika, elektron tibbiy yozuvlar, teletibbiyot, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy tayyorgarlik, raqamli sog‘liqni saqlash