RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA RAHBAR XODIMLARNING MENEJERLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

  • Raximov Minhojiddin Muxammadg‘olib o‘g‘li — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
71-80
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23185445

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida rahbar xodimlarning menejerlik kompetentligini rivojlantirish masalasi raqamli transformatsiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil etilgan. Zamonaviy oliy ta’lim muhitida rahbar xodimdan nafaqat an’anaviy boshqaruv bilimlari va tashkilotchilik ko‘nikmalari, balki raqamli texnologiyalardan foydalanish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, strategik rejalashtirish, raqamli kommunikatsiyani tashkil etish, jamoani boshqarish hamda innovatsion jarayonlarni muvofiqlashtirish kabi kompetensiyalar ham talab etilmoqda. Tadqiqotda rahbar xodimlarning menejerlik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan mavjud malaka oshirish tizimining ayrim muammolari, xususan, ta’lim mazmunining fragmentarligi, nazariy bilim bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi uzilish, standartlashtirilgan yondashuvning ustunligi va individual ta’lim trayektoriyalarining yetarli darajada shakllantirilmaganligi tahlil qilingan. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida diagnostik-loyihaviy, raqamli-interaktiv va refleksiv-baholovchi bosqichlardan iborat uch bosqichli pedagogik texnologiya modeli taklif etilgan. Model raqamli diagnostika, adaptiv ta’lim trayektoriyasi, mikromodulli o‘qitish, boshqaruv simulyatsiyalari, mentorlik, hamkorlikdagi loyiha faoliyati va kompetensiyaviy portfolioni yagona pedagogik tizimga birlashtirishga asoslanadi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy rivojlanishini uzluksiz, individual va amaliyotga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: rahbar xodim, menejerlik kompetentligi, raqamli transformatsiya, oliy ta’lim, malaka oshirish, raqamli kompetensiya, adaptiv ta’lim trayektoriyasi, pedagogik texnologiya, boshqaruv kompetensiyasi, kompetensiyaviy portfoliо

PDF yuklab olish