RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA TARBIYA FENOMENI
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya davrida tarbiya fenomenining mazmun-mohiyati, uning zamonaviy ta’lim va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni hamda yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ta’siri yoritilgan. Raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va virtual muloqot muhitining tarbiyaviy ja-rayonga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli muhitda yoshlarning axborot madaniyati, tanqidiy fikrlashi, mas’uliyati va axloqiy qadri-yatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, tarbiya fenomeni, raqamli muhit, ma’naviy-axloqiy tarbiya, raqamli madaniyat, axborot savodxonligi, yoshlar, pedagogik jarayon, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy tarmoqlar