“RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISH JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

  • Abdusamatova Gulchexra Zoirovna — PROFI UNIVERSITY “Axborot texnologiyalari va tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
141-149
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22143706

Annotatsiya

Mazkur maqolada “Raqamli ta’lim texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Raqamli transformatsiya sharoitida pedagogik tayyorgarlikning mazmuni raqamli vositalardan foydalanish bilan birga, ta’lim maqsadini belgilash, metod va texnologiyalarni tanlash, elektron resurs yaratish, baholash va refleksiya qilish ko‘nikmalarini qamrab olishi asoslanadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va tizimli yondashuvlar, shuningdek, tahlil, kuzatish, so‘rovnoma va tajriba-sinov metodlaridan foydalaniladi. LMS, elektron portfolio, interaktiv topshiriqlar, raqamli baholash va mikroo‘qitish vositalarining metodik kompetentlikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Natijada fan mazmuni, amaliy topshiriqlar, baholash va refleksiyani takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar: metodik kompetentlik, raqamli ta’lim texnologiyalari, bo‘lajak o‘qituvchi, raqamli kompetentlik, raqamli didaktika, LMS, elektron portfolio, interaktiv ta’lim, raqamli baholash, mikroo‘qitish, refleksiya, kasbiy tayyorgarlik

PDF yuklab olish