RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARI TEXNOLOGIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK MODELI
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining texnologik tafakkurini raqamli ta’lim muhiti vositalari asosida rivojlantirishning metodik modeli yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida reproduktiv o‘qitishdan o‘quvchi faoliyatiga yo‘naltirilgan, amaliy-izlanish va ijodiy faoliyatga asoslangan ta’lim modeliga o‘tish zarurati asoslangan. Texnologik tafakkurning mazmuni texnik jarayonlarni tushunish, sabab-oqibat aloqalarini aniqlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, amaliy yechimlarni sinab ko‘rish hamda yangi texnologik mahsulot va loyihalarni yaratish bilan bog‘liq kompetensiyalar majmuasi sifatida talqin etilgan.
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim muhiti, texnologik tafakkur, metodik model, texnologiya fani, aralash ta’lim, teskari sinf, muammoli ta’lim, loyiha metodi, keys-stadi, virtual modellashtirish, LMS, raqamli pedagogika