RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI: METODIK VA IJTIMOIY JIHATLAR INTEGRATSIYASI

  • Abduraimova Nozimaxon — Andijon davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
311-319
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24104632

Annotatsiya

Maqolada raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish masalasi metodik va ijtimoiy jihatlarning o‘zaro integratsiyasi asosida yoritilgan. Xususan, raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga keng joriy etilishi sharoitida o‘qituvchining nafaqat til o‘rgatish, balki o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, raqamli xavfsizligi va ijtimoiy-emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdagi kasbiy vazifalari tahlil qilingan. Mavzuga oid ilmiy manbalar integrativ yondashuv asosida o‘rganilib, metodik kompetentlik va ijtimoiy-pedagogik kompetentlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, informativ, operativ, integrativ va kreativ bosqichlardan iborat metodik-ijtimoiy texnologiya loyihasi, lingvo-ijtimoiy integrativ dars modeli hamda kompetentlikni baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar: ijtimoiy-pedagogik kompetentlik, metodik kompetentlik, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi, raqamli ta’lim muhiti, raqamli ijtimoiylashuv, ijtimoiy-emotsional kompetentlik, onlayn xavfsizlik, lingvo-ijtimoiy integratsiya, pedagogik texnologi-ya

PDF yuklab olish