RAQAMLI GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MA’NAVIYATI

  • Isomiddinova Shaxlo Abdusalimovna — O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
424-434
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24300904

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli globallashuv jarayonlarining O‘zbekiston yoshlari ma’naviyati, milliy o‘zligi va qadriyatlar tizimiga ta’siri ilmiy-nazariy hamda tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda globallashuvning yoshlar hayotidagi ijobiy imkoniyatlari, xususan, axborot olish, bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirishdagi o‘rni bilan bir qatorda, ommaviy madaniyat, axborot xurujlari, iste’molchilik kayfiyati va milliy o‘zlikni anglash bi-lan bog‘liq muammolar ham tahlil qilingan. Tadqiqot Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, DataReportal hisobotlari, yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlariga asoslangan. Tahlillar na-tijasida O‘zbekistonda internetdan foydalanish ko‘lamining kengayishi yoshlarning global axborot makonidagi ishtirokini kuchaytirayotgani, shu bilan birga, ularning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash va milliy qadriyatlarga hurmat muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Maqolada yoshlarning ma’naviy barqarorligini ta’minlashda oila, ta’lim muassasalari va ma-halla hamkorligini rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: raqamli globallashuv, yoshlar ma’naviyati, milliy o‘zlik, ma’naviy qadriyatlar, ax-borot madaniyati, ommaviy madaniyat, mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash, kitobxonlik, ma’naviy barqarorlik

PDF yuklab olish