RAHBARLARNING KASBIY MAS’ULIYATI: TUSHUNCHASI, TARKIBIY KOMPONENTLARI VA ZAMONAVIY TALABLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada rahbarlarning kasbiy mas’uliyati tushunchasi, uning tarkibiy komponentlari hamda zamonaviy boshqaruv faoliyatiga qo‘yilayotgan talablar ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Rahbar kasbiy mas’uliyatining huquqiy, ax-loqiy, ijtimoiy, kasbiy va tashkiliy jihatlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuv, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt texnologiya-larining rivojlanishi va ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi sharoitida rahbar zimmasiga yuklanayotgan yangi vazifalar yoritilgan. Tadqiqot davomida rahbar kasbiy mas’uliyatini shakllantirish mexanizmlari, jumladan, uzluksiz ta’lim, tash-kiliy madaniyat, hisobdorlik va nazorat tizimlarining ahamiyati asoslab berilgan. Xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlili asosida zamonaviy rahbarlarning kasbiy mas’uliyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: rahbar, kasbiy mas’uliyat, boshqaruv kompetensiyasi, huquqiy mas’uliyat, axloqiy mas’uliyat, ijtimoiy mas’uliyat, tashkiliy mas’uliyat, raqamli transformatsiya, lid-erlik