RAHBAR FAOLIYATIDA KASBIY-PSIXOLOGIK SIFATLARNING NAMOYON BO‘LISHI VA ULARNING BOSHQARUV SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

  • Yoziyev Erkin Sa’dullayevich — Qarshi davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
120-128
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23311088

Annotatsiya

Maqolada rahbar faoliyatida kasbiy-psixologik sifatlarning namoyon bo‘lishi va ularning boshqaruv samaradorligiga ta’siri tahlil etilgan. Rahbar shaxsining kasbiy-psixologik tuzilmasida muhim o‘rin tutuvchi aniqlik, anglanganlik, maqsadga intiluvchanlik, tanlovchanlik, taktlilik, ta’sir o‘tkazuvchanlik, talabchanlik, tanqidiylik va mas’uliyatlilik kabi sifatlarning boshqaruv faoliyati jarayonida namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda ularning boshqaruv samaradorligini ta’minlashdagi psixologik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, erkak va ayol rahbarlarning mazkur sifatlar bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar asosida talabchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanganligi, boshqa ko‘rsatkichlarning aksariyatida esa ishonchli tafovut kuzatilmaganligi bayon etilgan. Rahbarlarning kasbiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish, samarali qaror qabul qilish, jamoa bilan konstruktiv munosabatlarni shakllantirish va boshqaruv natijadorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: : boshqaruv faoliyati, rahbar shaxsi, kasbiy-psixologik sifatlar, kasbiy kompetentlik, qaror qabul qilish, motivatsiya, muloqot, jamoa, mas’uliyatlilik, talabchanlik, liderlik

PDF yuklab olish