QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA O‘SMIR YOSHLAR BILAN MAKTABDAN TASHQARI ISHLARDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI

  • Yusupov Quwanish Dawletbaevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasining dotsenti v.b.
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
106-114
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21883608

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘smir yoshlar bilan olib boriladigan maktabdan tashqari ishlarda milliy qadriyatlarning o‘rni va pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda maktabdan tashqari ta’lim jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanishning o‘smirlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, milliy o‘zligini anglash, vatanparvarlik va ijtimoiy faolligini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida tashkil etilgan “Kelajak” markazlari faoliyati, to‘garak mashg‘ulotlarida milliy qadriyatlarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida singdirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda pedagogik tajriba-sinov metodidan foydalanilib, maktabdan tashqari ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy faoliyatning samaradorligini aniqlashga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: maktabdan tashqari ta’lim, o‘smir yoshlar, milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, to‘garak faoliyati, pedagogik tajriba-sinov, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, STEAM yondashuvi

PDF yuklab olish