QISQA MASOFAGA YUGURUVCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAJRIBA MASHG‘ULOT DASTURINING SAMARADORLIGI

  • Ruzmetov Furqat Ikramovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi o‘qituvchisi, Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21485618

Annotatsiya

Mazkur maqola qisqa masofaga yuguruvchilarning tezkorlik, tezkor-kuch va maxsus tezkor chidamlilik ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tajriba mashg‘ulot dasturining pedagogik samaradorligini aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, pedagogik testlash, pedagogik tajriba hamda matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Ishtirokchilar tajriba guruhi va nazorat guruhiga ajratilib, ularning jismoniy tayyorgarligi 30 metrga past startdan yugurish, 30 metrga kelib yugurish, 60 metrga past startdan yugurish, 150 va 300 metrga yugurish hamda turgan joydan uzunlikka sakrash testlari yordamida baholandi. Natijalar maxsus sprint mashqlari va tezkor-kuch vositalarini maqsadli uyg‘unlashtirish qisqa masofaga yuguruvchilarning jismoniy tayyorgarligini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar: qisqa masofaga yugurish, sprinter, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, maksimal tezlik, tezkor-kuch tayyorgarligi, portlovchi kuch, tezkor chidamlilik, pedagogik tajriba, tajriba guruhi, nazorat guruhi, statistik ishonchlilik

PDF yuklab olish