QASHQADARYO HAVZASINING O‘RTA HUDUDI TUPROQLARI SHAROITIDA G‘O‘ZANI TOMCHILATIB SUG‘ORISH VAQTI VA ME’YORLARINI ASOSLASH
Annotatsiya
Maqolada Qashqadaryo viloyatining o‘rta qumoq mexanik tarkibli och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning vegetatsiya davridagi suv iste’molini aniqlash va tomchilatib sug‘orish me’yorlarini asoslash natijalari keltirilgan. Tadqiqotda G‘uzor tumani meteorologik ma’lumotlari asosida FAO metodikasi va CROPWAT 8.0 dasturidan foydalanilib, tuproq-gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda sug‘orish rejimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, S.M. Alpatevning bioklimatik usuli asosida bug‘lanish, yog‘in miqdori va g‘o‘zaning suvga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, sug‘orish muddatlari va me’yorlari aniqlangan. Natijalar g‘o‘zani suv bilan maqbul ta’minlash va sug‘orish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini baholashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: g‘o‘za, tomchilatib sug‘orish, suv iste’moli, sug‘orish me’yori, sug‘orish oralig‘i, S.M. Alpatev usuli, CROPWAT 8.0, FAO metodikasi, bug‘lanish, och tusli bo‘z tuproqlar