PSIXOLOGIYADA FUNDAMENTAL TADQIQOTLARNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI
Annotatsiya
Maqolada psixologiya fanida fundamental tadqiqotlarning nazariy-metodologik asoslari, asosiy yo‘nalishlari va ularning zamonaviy fan taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil qilingan. Ong, kognitiv jarayonlar, shaxs va individual farqlar, psixik rivojlanish, emotsiya va motivatsiya, neyrobiologik mexanizmlar, psixogenetika, ijtimoiy xulq-atvor hamda madaniyatlararo tafovutlar fundamental tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari sifatida yoritilgan. Shuningdek, fundamental va amaliy tadqiqotlarning o‘zaro aloqasi, ilmiy natijalarning takrorlanuvchanligi, ochiq fan tamoyillari va ilmiy bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonda psixologik tadqiqotlarning hozirgi holati nazariy-analitik yondashuv asosida baholanib, amaliy tadqiqotlarning ustunligi, fundamental izlanishlarni insti-tutsional qo‘llab-quvvatlash zarurati va ayrim yo‘nalishlardagi mavjud cheklovlar tahlil qilingan. Psixologiya fanining fundamental bazasini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va tadqiqotlarda ochiq fan tamoyillarini joriy etish-ga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: psixologiya, fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, psixika, ong, kognitiv ja-rayonlar, neyropsixologiya, psixogenetika, ilmiy metodologiya, ochiq fan, O‘zbekiston