PROKSI URUSHI SHAROITIDA MAFKURAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING FALSAFIY ASOSLARI

  • Yakubov Bahodirjon Muhammadjonovich — Andijon shahar harbiy qism Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
232-240
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21903248

Annotatsiya

Mazkur maqolada proksi urushlar sharoitida mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy geosiyosiy jarayonlarda davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar nafaqat bevosita harbiy to‘qnashuvlar, balki axborot, mafkura, qadriyatlar va ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatish vositalari orqali ham namoyon bo‘lmoqda. Bu esa jamiyatning mafkuraviy barqarorligini ta’minlash va tashqi hamda ichki tahdidlarga nisbatan barqarorlikni shakllantirish masalasini dolzarb etmoqda. Tadqiqotda proksi urushlarning mohiyati, ularning jamiyat mafkuraviy barqarorligiga ta’sir mexanizmlari hamda mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy axborot makonida manipulyatsiya, dezinformatsiya, qadriyatlar transformatsiyasi va ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatish jarayonlarining falsafiy jihatlari tahlil qilinib, mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlashda tanqidiy fikrlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va axborot madaniyatining ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: proksi urushlar, mafkuraviy xavfsizlik, falsafiy asoslar, axborot xavfsizligi, mafkuraviy tahdidlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, ijtimoiy ong, dezinformatsiya, axborot makoni, tanqidiy fikrlash, ma’naviy barqarorlik

PDF yuklab olish