PEDAGOGLIK KASBINING SATHLARINI TASHKIL ETUVCHI KOMPETENSIYALARNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada pedagoglik kasbining turli kasbiy rivojlanish sathlarini tashkil etuvchi kompetensiyalarning mazmuni, tarkibiy tuzilishi va o‘zaro aloqadorligi nazariy-metodik jihatdan tahlil qilingan. Pedagogning kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladigan kompetensiyalar pedagogik-kognitiv, metodik-texnologik, kommu-nikativ, tashkiliy-boshqaruv, baholash-diagnostik, refleksiv-tadqiqotchilik hamda innovatsion-hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha tizimlashtirilgan. Kasbiy rivojlanish-ning bazaviy tayyorgarlik, mustaqil pedagogik faoliyat, mahoratli faoliyat va ek-spert-innovatorlik faoliyatidan iborat to‘rt sathli konseptual modeli taklif etilgan. Kompetensiyalarning rivojlanish darajasini aniqlashda pedagogik faoliyat natijala-ri, metodik ishlanmalar, dars kuzatuvlari, refleksiv tahlil va kasbiy hamkorlik dalil-larini kompleks baholash zarurligi asoslangan. Shuningdek, pedagoglarning indi-vidual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini shakllantirish va uzluksiz kasbiy takomillashuvini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: pedagoglik kasbi, kasbiy kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik mahorat, kasbiy rivojlanish, kommunikativ kompetensiya, baholash-diagnostik kompetensiya, refleksiya, innovatsion faoliyat, mentorlik, kasbiy rivojlanish sathla-ri