PEARSON XALQARO TA’LIM KOMPANIYASI: ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDAGI O‘RNI VA UNING O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA INTEGRATSIYASI ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro ta’lim bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri hisoblangan Pearson kompaniyasining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, faoliyat yo‘nalishlari hamda ta’lim xizmatlarini rivojlantirish xususiyatlari ilmiy-nazariy ji-hatdan tahlil qilingan. Xususan, kompaniya tomonidan taklif etilayotgan BTEC, Edexcel va Pearson Test of English (PTE) ta’lim va baholash tizimlarining mazmun-mohiyati, ularning ta’lim sifatini oshirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda ta’lim natijalarini xalqaro mezonlar asosida baholashdagi ahamiyati yoritil-gan. Shuningdek, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim jarayonini mehnat bozori talablariga muvofiqlashtirish va xalqaro kvalifikatsiyalarning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot davomida Pearson tajribasining O‘zbekiston ta’lim tizimiga mos keluvchi jihatlari aniqlanib, professional ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish, pedagog kadrlar mala-kasini oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: Pearson, xalqaro ta’lim, ta’lim sifati, BTEC, Edexcel, PTE, professional ta’lim, raqamli ta’lim, xalqaro kvalifikatsiya, kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim inte-gratsiyasi, mehnat bozori, ta’lim texnologiyalari