OʻZBEKISTON TARIXIY-MADANIY MEROSINI ASRASHDA YUNESKONING OʻRNI: RESTAVRATSIYA VA KONSERVATSIYA MASALALARI

  • Ochilov Davron Bahodir o‘g‘li — O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
278-288
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22082509
Yo‘nalish
Pedagogika fanlari

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini asrash, ularni konservatsiya va restavratsiya qilishda BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) va Oʻzbekiston oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikning metodologik va amaliy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi, ularning autentikligi (haqiqiyligi) va yaxlitligini saqlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda yuzaga kelgan xalqaro-huquqiy standartlar koʻrib chiqiladi. Maqolada 1964-yildagi Venetsiya xartiyasi hamda 1972-yildagi «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi konvensiya talablari asosida respublikadagi obidalarda olib borilgan taʼmirlash-tiklash ishlarining ijobiy va salbiy oqibatlari baholanadi. Zamonaviy restavratsiya va konservatsiya texnologiyalarining qoʻllanilishi, mavjud muammolar va ularni YUNESKO standartlari asosida hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: YUNESKO, Umumjahon merosi, Oʻzbekiston, tarixiy-madaniy meros, restavratsiya, konservatsiya, autentiklik, Venetsiya xartiyasi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, meʼmoriy obidalar

PDF yuklab olish