OTM RAHBAR-XODIMLARINING KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINING PEDAGOGIK TIZIMI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari rahbar-xodimlarining kommunikativ kreativligini boshqarish mexanizmlarining pedagogik tizimi nazariy va tashkiliy-pedagogik jihatdan tahlil etilgan. Oliy ta’lim muhitida strategik boshqaruv, raqamlashtirish, innovatsion faoliyat va ichki kommunikatsiya jarayonlarining murakkablashib borishi rahbar-xodimlarning kommunikativ kreativligini rivojlantirishga tizimli yondashuvni taqozo etishi asoslangan. Tadqiqotda kommunikativ kreativlikni rivojlantirishning ilmiylik, tizimlilik, uzviylik va izchillik, ijtimoiy mas’ullik, reflektivlik, individuallashtirish, kasbiy yo‘naltirilganlik kabi tamoyillari aniqlashtirilgan. Shuningdek, kommunikativ kreativlikni boshqarishning diagnostik-tahliliy, maqsadli-loyihalash, tashkiliy-pedagogik, amaliy-faoliyat, monitoring va refleksiv baholash, institutsionallashtirish hamda barqaror rivojlantirish bosqichlarini qamrab oluvchi tashkiliy-pedagogik algoritm taklif etilgan. Rahbar-xodimlarning kommunikativ kreativligini rivojlantirishda formal, noformal va informal ta’lim shakllarining o‘zaro integratsiyasi muhim pedagogik shart sifatida asoslangan.
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim muassasasi, rahbar-xodim, kommunikativ kreativlik, boshqaruv mexanizmi, pedagogik tizim, tashkiliy-pedagogik mexanizm, transformatsion liderlik, formal ta’lim, noformal ta’lim, informal ta’lim, kommunikativ kompetensiya