OLIY TA’LIMDA TALABALARNING IJTIMOIY HAMKORLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING LOYIHAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI MODELI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarning ijtimoiy hamkorlik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, nazariy asoslari hamda loyihaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan modeli yoritilgan. Ijtimoiy hamkorlik kompetentligi talabalarning jamoada ishlash, o‘zaro muloqotga kirishish, umumiy maqsadlarni belgilash, mas’uliyatni taqsimlash, muammolarni birgalikda hal etish va o‘zaro munosabatlarda konstruktiv yondashuvni namoyon etish qobiliyatlari majmui sifatida talqin qilingan. Tadqiqot doirasida maqsadli, mazmuniy, jarayonli, tashkiliy-faoliyatli va baholash-natijaviy komponentlarni qamrab oluvchi pedagogik model taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, ijtimoiy hamkorlik kompetentligi, loyihaviy ta’lim, pedagogik model, hamkorlikda o‘qitish, jamoaviy faoliyat, kommunikativ kompetentlik, refleksiya, kasbiy tayyorgarlik