OLIY TA’LIM TIZIMINI IJTIMOIY BOSHQARISHNING MOHIYATI VA ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimini ijtimoiy boshqarishning mohiyati va ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etilgan. Ijtimoiy tizimlar nazariyasi, yangi davlat boshqaruvi konsepsiyasi va inson kapitali nazariyasi kabi nazariy yondashuvlarni tahlil qilish orqali “ijtimoiy boshqaruv” tushunchasining mazmuni ochib bergan. Maqolada oliy ta’limni ijtimoiy boshqarishda qaror qabul qilish, motivatsiya va nazorat-baholash tizimlari hamda uning ijtimoiy, kommunikativ, iqtisodiy va innovatsion funksiyalari ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy tahlil, so‘rovnoma, intervyu va modellashtirish usullaridan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy boshqaruv, oliy ta’lim tizimi, inson kapitali nazariyasi, institutsional avtonomiya, boshqaruv funksiyalari, strategik boshqaruv, motivatsiya tizimi, menejment nazariyasi, davlat boshqaruvi