OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA EKOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIDAN SAMALARI FOYDALANISH METODIKASI

  • Mudarisova Rayhon Xojiyevna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ekologiya va yashil resurslar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
  • Saidova Shoista Abduvakilovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ekologiya va yashil resurslar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Sahifalar
44-52
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21819276

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim tashkilotlarida ekologiya fanini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Ekologik jarayon va hodisalarni o‘rganishda raqamli ta’lim resurslari, virtual laboratoriyalar, interaktiv platformalar, geografik axborot tizimlari, multimedia vositalari hamda raqamli monitoring ma’lumotlaridan foydalanishning didaktik ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni ekologiya fanining nazariy va amaliy mazmuni bilan integratsiyalash asosida talabalarning ekologik bilimlarini mustahkamlash, ekologik jarayonlarni tahlil qilish, real ma’lumotlar bilan ishlash, muammoli vaziyatlarga yechim topish va mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuv taklif etilgan. Mashg‘ulotlarni “muammoni aniqlash – raqamli axborotni izlash – ekologik ma’lumotlarni tahlil qilish – modellashtirish va vizuallashtirish – yechim ishlab chiqish – natijalarni taqdim etish – refleksiya va baholash” bosqichlari asosida tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: ekologiya, oliy ta’lim, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim, virtual laboratoriya, geografik axborot tizimlari, ekologik monitoring, vizuallashtirish, ekologik kompetensiya, raqamli kompetensiya, interaktiv ta’lim

PDF yuklab olish