OLIY TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURI VA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy tafak-kuri va kasbiy kompetentligini o‘zaro uzviylikda rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari hamda amaliy mexanizmlari yori-tilgan. Mantiqiy tafakkurning kasbiy kompetentlik tarkibidagi tizim hosil qiluvchi o‘rni asoslanib, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi motivatsion, mazmuniy, texnologik, tashkiliy-pedagogik va diagnostik-refleksiv mexanizmlar tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, tizimli-faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan va akmeologik yondashuvlarga tayanilgan. Pedagogik tajriba-sinov ishlari ikki o‘quv semestri davomida 114 nafar uchinchi bosqich talabalari ishtirokida tashkil etilgan. Natijalar tajriba guruhida kreativ darajadagi talabalar ulushi 12,1 foizdan 31,0 foizga oshganini, reproduktiv darajadagi talabalar ulushi esa 46,5 foizdan 15,5 foizgacha kamayganini ko‘rsatgan. Olingan natijalar kasbiy yo‘naltirilgan mantiqiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, mikroo‘qitish va refleksiv tahlilni o‘zaro inte-gratsiyalash bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, muqobil yechimlarni baholash va asoslangan qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlan-tirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: mantiqiy tafakkur, kasbiy kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, rivojlantirish mex-anizmlari, pedagogik vaziyat, tanqidiy fikrlash, refleksiya, kompetensiyaviy yon-dashuv, oliy ta’lim, pedagogik texnologiyalar