OILAVIY MUNOSABATLARNING YOSHLAR PSIXOLOGIK IMMUNITETI SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarning yoshlar psixologik immuniteti shakllanishidagi o‘rni ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Oiladagi ma’naviy-ruhiy muhit, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy mu-loqot madaniyati, mehr-muhabbat, o‘zaro ishonch va emotsional qo‘llab-quvvatlashning yoshlar ruhiy barqarorligini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, oilaviy nizolar, emotsional beqarorlik, befarqlik va noto‘g‘ri tarbiya uslublarining yoshlarning stressga bardoshliligi, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati hamda psixologik himoya mexanizmlariga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan ochib berilgan. Yoshlar psixologik immunitetini shakllantirishda oilaning tarbiyaviy im-koniyatlaridan samarali foydalanish, ota-onalarning psixologik savodxonligini oshirish va oilaviy muloqotni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: oila, oilaviy munosabatlar, yoshlar, psixologik immunitet, psixologik barqarorlik, ruhiy salomatlik, oilaviy tarbiya, ota-ona va farzand munosabatlari, emotsional qo‘llab-quvvatlash, stressga chidamlilik, psixologik himoya