OILAVIY MUNOSABATLARDAGI BAG‘RIKENGLIKNING PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI FAOLIYATIGA TA’SIRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Maqolada oilaviy munosabatlardagi bag‘rikenglikning ichki ishlar organlari profil-aktika inspektorlari kasbiy faoliyatiga ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Profilaktika inspektorining faoliyati aholi, ayniqsa, oilalar bilan bevosita muloqotga asoslanganligi sababli, uning shaxsiy oilaviy tajribasi kasbiy muloqot uslubiga, hissiy barqarorligiga va qaror qabul qilish sifatiga ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Muallif tomonidan bag‘rikenglikning shaxsiy-oilaviy, kasbiy-kommunikativ va ijtimoiy-me’yoriy komponentlardan iborat konseptual modeli taklif etilgan hamda oilaviy bag‘rikenglikning kasbiy faoliyatga ta’sir mex-anizmlari, jumladan, hissiy o‘tkazuvchanlik, ijtimoiy o‘rganish va kasbiy char-chashga qarshi bufer mexanizmi yoritilgan. Shuningdek, profilaktika in-spektorlarining psixologik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: bag‘rikenglik, oilaviy munosabatlar, profilaktika inspektori, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, kasbiy muloqot, kasbiy charchash, huquqbuzarliklar profilaktikasi