OILAVIY MUNOSABATLARDA SAMARALI MULOQOT VA O‘ZARO TUSHUNISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarda samarali muloqot va o‘zaro tushunishning ijtimoiy-psixologik ahamiyati tadqiq etilgan. Oilada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, oila a’zolari o‘rtasida ishonch, hurmat va emotsional yaqinlikni ta’minlashda muloqotning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda nuklear va nuklear bo‘lmagan oilalarda yashovchi 60 nafar respondentning ijtimoiy-psixologik moslashuv xususiyatlari Rojers-Daymond metodikasi asosida o‘rganilgan. Guruhlar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlashda mustaqil tanlanmalar uchun Student t-mezoni qo‘llanilgan. Natijalar moslashuvchanlik, yolg‘on, o‘zini qabul qilish, emotsional komfort, ichki nazorat, boshqarish va eskapizm ko‘rsatkichlarining ayrimlarida statistik jihatdan ahamiyatli farqlar mavjudligini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ayrim ko‘rsatkichlarda guruhlararo statistik jihatdan ahamiyatli tafovutlar aniqlanmagan. Tadqiqot natijalari oilaviy munosabatlarni o‘rganishda oilaning tarkibiy xususiyatlari bilan bir qatorda yosh va boshqa ijtimoiy-demografik omillarni ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: oila, oilaviy munosabatlar, samarali muloqot, o‘zaro tushunish, ishonch, hurmat, empatiya, ijtimoiy-psixologik moslashuv, nuklear oila, nuklear bo‘lmagan oila, nizolar